Har bir ayol oʻqishi kerak boʻlgan 10 ta badiiy kitob

Har bir ayol oʻqishi kerak boʻlgan 10 ta badiiy kitob
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Har bir ayol oʻqishi kerak boʻlgan 10 ta badiiy kitob bilan tanishing.

1. Emilya Bronte — «Qorboʻronli dovonlar»
«Qorboʻronli dovonlar» yozuvchi va shoira Emilya Brontening yagona va katta asaridir. Asarda shahar hayotidagi sevgi va romantizm tabiat hodisalari orqali ochib berilgan. Asar ayol muhabbati qanchalik qudratli ekani haqida soʻz yurituvchi eng goʻzal romandir. «Qorboʻronli dovonlar» qirolicha Viktoriya davrining eng shedevr asarlaridan biri hisoblanadi.
2. Sharlotte Bronte — «Jeyn Eyr»
Asarning bosh qahramoni Jeyn Eyr yetim, oddiy bir qiz boʻlishiga qaramasdan, metin irodali, gʻururi baland va ruhiyu koʻngli erkin inson edi. U, oqsuyak Rojesterning qiziga muallimlik qilish uchun yollanadi. Shundan keyin Rojester va Jeyn orasida muhabbat paydo boʻladi. Ular turmush qurishga hozirlik koʻradilar. Toʻy kuni bir sir ochilgani sabab Jeyn Eyr uning uyini tark etadi va Rojesterni unutishga urinadi. Lekin, u bilmasdiki asl muhabbat hech qachon unutilmaydi. Bir-biridan qanchalik uzoqda yashamasin ularni bir rishta doim bogʻlab turgan. Roman asl sevgi, sadoqat haqida bitilgan asarlarning eng saralaridan biridir.
3. Jorj ELIYOT — «Middlemarch»
“Zulmatdagi raqs” romanining muallifi Morris Dijkstein asar haqida shunday yozadi: «Asar qahramonlari va ularning munosabatlariga qarash nuqtasidan boshlab bir-biridan farq qiladi. Eliot – voqealarda tasvirlangan kichik bir detaldan katta muammolarning yechimini topib beradi. Shu asnoda asarni oʻqish jarayonida oʻquvchini hayrat tark etmaydi». Romanni oʻqigan koʻpchilik kitobxonlar tomonidan eʼtirof qilinishicha, asar muhabbat va nafrat, shodlik va quvonch, hayot va oʻlim haqidagi eng yaxshi asardir.
4. Virjiniya VULF — «Missis Dellouey»
Asarda urushdan keyingi ingliz ayolining bir kunda boshiga kelgan balolar haqida soʻz boradi. Asar ayol sadoqati va matonati haqidagi eng goʻzal roman sanaladi. Hamda yozuvchi bu asari bilan modernizmga yangicha nafas va hayot baxsh etadi.
5. Margaret MITCHELL — “Shamollarda qolgan hislarim”
“Shamollarda qolgan hislarim” – amerikalik yozuvchi Margaret Mitchelning eng mashhur asaridir. Asardagi hodisalar Amerika Qoʻshma Shtatlari yangidan tiklanayotgan bir davrda Jorjiya shtatining Kleyton shaharchasi va Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan. Ayolning ichki his-tuygʻulari haqida soʻzlovchi bu asar, hali hamon butun dunyo boʻylab sevib oʻqiladi.
6. Jeyn OSTIN — “Gʻurur va gʻaraz”
“Gʻurur va gʻaraz” — ingliz yozuvchisi Jeyn Ostin tarafidan 1996-1997-yillarda qalamga olingan ikkinchi roman hisoblanadi. Asar 1813-yilda chop qilingan. Asarda asosan Britaniya hukumati davrida olib borilayotgan siyosiy-ijtimoiy harakatlar, pul mojarolari va bu kelishmovchiliklarga ayollarning munosabatlari shafqatsiz holda tasvirlangan.
7. Erix Mariya REMARK — “Qarzga olingan umr”
“Bu shunday bir hayotdirki – yashashdan maʼno yoʻq…”, – oʻylardi u. Avtomobil oʻgʻrisi Klerf kasalxonada oʻlimini kutib yotgan Lilia ismli ayol bilan tanishib qoladi. Umri oxirlab borayotgan Lilia soʻnggi kunlarini masrur va shod yashashni istardi. Insonni ming boʻlakka ajratib yuboradigan va yana qayta bir joyga yigʻa oladigan bu asar bizga hayotni sevish va oʻlimdan qoʻrqmaslikni oʻrgatadi.
8. Doris LESSING — “Oltin daftar”
Adabiyotning Nobel mukofotiga loyiq koʻrilgan bu asar qashshoqlikda yashab, juda oz muddat umr kechirgan Anna Vulf ismli yosh yozuvchining hayoti haqida. U ancha vaqtlar hech narsa yozolmaydi, shu sababdan umidsizlikka tushadi. Bu umidsizlikning soʻnggida telba boʻlib qolishdan qoʻrqadi va oʻtgan umrini har hil rangdagi toʻrtta daftarga yoza boshlaydi. Shundan soʻng “Oltin daftar” yaraladi. Asar shu daftarning ochilishidan yaralgan ishqiy romandir.
9. Stefani MAYER — «Nimqorongʻulik»
Onasi ikkinchi marta turmushga chiqqanidan soʻng 17 yoshli Bella Svon  otasining yoniga koʻchib, u bilan yashay boshlaydi. Uning otasi tinimsiz yomgʻir yogʻadigan kichik Forks shaharchasining militsiya boshligʻi edi. Kellenlar oilasining “gʻayrioddiy goʻzallikka” molik aʼzolari Bellaning diqqatini tortadi. Soʻngra maʼlum boʻladiki, Kallenlar oilasi vahshiy hayvonlar qonini ichadigan «vegetaryan» – vampirlardir. Asarda yosh qizchaning xayolidan kechgan holatlar va bu holatlarning hayotga taʼsiri qalamga olingan.
10. Rashod Nuri Guntegin — «Choliqushi»
Bu asar ilk bora 1922-yilda nashr qilingan. Romanda asarning bosh qahramoni Ferida – Choliqushi siymosinda qiyin va mashaqqatli hayot tarziga qaramasdan, oʻz muhabbatiga sodiq qoladigan asl turk qizining obrazi badiiy ustalik bilan qalamga olingan. Yagona shu romannigng oʻzi muallifning adabiy taqdirini hal qilib bergan.
Rus tilidan Rahmat Bobojon
tarjimasi

Manba: Xs.uz

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x