GUL URUGʻCHILIGI

GUL URUGʻCHILIGI — gulchilikning sifatli gul urugʻi tayyorlash b-n shugʻullanadigan tarmogʻi. Asosan bir yillik va ikki yillik gullar urugʻlarini hamda gullar piyozlarini yetishtiradi. Gul urugʻchiligi quyidagi boʻlimlardan iborat: seleksiya — yangi gul navlari yaratish, seleksiya st-yalari va seleksiya tajriba muassasalarida oʻtkaziladi; nav sinash — yangi navlar Davlat nav sinash komissiyasi tomonidan nav sinash uchastkasida sinaladi, soʻng r-nlashtiriladi; urugʻchilik — r-nlashtirilgan yangi navlarni koʻpaytirish va ularni yaxshilash; bu ishlar elita va maxsus urugʻchilik uchastkalarida amalga oshiriladi; gul urugʻlari bilan taʼminlash — navli urugʻlarni yigʻib, saqlash va tegishli xoʻjaliklarga tarqatish, bu ishlar b-n Oʻzbekistonda, asosan, Oʻzbekiston FA Botanika bogʻi, akad. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tining gulchilik boʻlimi xamda shaharlardagi manzarali bogʻdorchilik va manzarali gulchilik xoʻjaliklari shugʻullanadi; urugʻchilik nazorati — gul urugʻlarining nav va sifatini ekish oldidan tekshirish.

Seleksiya st-yalarida yetishtirilgan yangi navlar i. t. muassasalari va urugʻni dastlabki koʻpaytirish xoʻjaliklarining elita boʻlimlarida alohida paykallarda oʻstiriladi. Urugʻni tezroq yetiltirish uchun kech ochiladigan gullar urugʻi kungay yerlarga ekilib, ilgʻor agrotexnika usulida parvarishlanadi. Urugʻ olish uchun biologik va xushmanzarali belgilari talabga mos keladigan gul tuplari tanlanadi. Buning uchun gullar ochilgan paytda aprobatsiya oʻtkaziladi. Gul urugʻlari mumkin qadar tupida yetiltirib, kuzgi yogʻingarchilikka qoldirmay yigʻib olinadi. Urugʻlar gul toʻplami bilan bogʻlangan holda bostirma ostida yoki yorugʻ bino ichida osib quritiladi, yanchib tozalangan urugʻ saqlash uchun omborga topshiriladi.

Lutfulla Abdurahmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x