DOʻPPIDOʻZLIK — doʻppi tikish kasbi; badiiy hunarmandlikning keng tarqalgan sohasi. Doʻppi baxmal, sidirgʻa shoyi, satindan bichilib, ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikiladi. Kashta tikib bezatilgan boʻlaklar (tepa, kizak) ga astar yopishtirilib mayda nozik chokda qaviladi, qaviklar orasiga paxta yoki qogʻozdan pilta uriladi. Soʻng tayyor boʻlaklar bir-biriga ulanadi, kizak atrofi jiyak (tasma) bilan hoshiyalanadi. Yelimlangan doʻppilar taxtakachga qoʻyiladi. Tayyor boʻlgan doʻppi bichimiga qarab murabba, konussimon (dumaloq) shaklga ega boʻladi. Doʻppidoʻzlik bilan asosan ayollar, qis-man erkaklar ham shugʻullanadi.
20-a. 20-y. laridan hunarmand ustalar artellarga birlashtirildi, keyinchalik f-kalarda mehnat qila boshladilar. Doʻppidoʻzlik hochir Buxoro («Zardoʻz» aksiyadorlik jamiyati), Toshkent («Sharq guli» LTD), Chust va b. korxonalarda, qisman xonadonlarda davom ettirilmoqda.
Sayyora Mahkamova.