BOʻZSHOʻRA (Halogeton glomeratus (Bieb.) S. A. Meu.) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 10—40 sm, sershox. Bargi kulrang, kalta, etdor, uchi uzun dagʻal tukli. Gullari mayda, toʻptoʻp boʻlib barg qoʻltigʻiga joylashgan. Boʻzshoʻra choʻlda, shoʻrxok yerlarda zich oʻsadi. May oyida gullab, sent. da , mevasi yetiladi. Boʻzshoʻra bargida oksalat kislotaning kaliy va natriyli tuzlari koʻp boʻlganidan qoʻylar zaharlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые