BOʻQOʻNBOYEV

BOʻQOʻNBOYEV Joʻmart (19101944) qirgʻiz shoiri, dramaturg. Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938—44). Qirgʻiz dostonchiligi va dramaturgiyasida sezilarli iz qoldirgan, uning dastlabki namunalarini yaratgan. Boʻqoʻnboyev asarlarida qirgʻiz xalqi tarixi, 2-jahon urushidagi qahramonligi, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati tasvirlanadi. «Chu dalasi» (1930), «Turksib» (1932), «Gul turmush» (1939), «Ajal va nomus» asarlari qirgʻiz sheʼriyatining sara asarlaridan hisoblanadi. «Mening Fargʻonam» asarida tarixiy qismati, turmush tarzi bir-biriga oʻxshash oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi qardoshlik tarannum etiladi. «Oltin qiz» (1937), «Qargʻasha» (1937) dramalari, «Oychurek» (1937), «Toʻqtagul» (1939) opera librettolari bilan qirgʻiz teatr sanʼati taraqqiyotiga hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x