Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek oʻlturur,
Gʻoyati nozukligidin suv bila yutsa boʻlur.
To magarkim salsabil obina javloni qila,
Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.
Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suda,
Balki suvni pok boʻlsun deb iligi birla yur.
Emdi bildim rost ermish, balki koʻrdim koʻz bila,
Ulki derlar suv qizi goh-goh koʻzga koʻrunur.
Qoshlaring yosin Atoyi koʻrgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surayi yosin oʻqir.
– V – – /– V – – / – V – – / – V –
foilotun / foilotun / foilotun / foilun
Ramali musammani mahzuf
* * *
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilgʻali laʼlingni koʻnglum,
Kishi bilmas oni kim qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiging tuprogʻi basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Yaʼqubtek bayt ul-hazanda.
Uzun sochingdin uzmasmen koʻngulni,
Ayogʻing qanda boʻlsa boshim anda.
Tilar el mansabi oliy, va lekin
Atoyi sarvi ozodinggʻa banda.
V – – – / V – – – / V – –
mafoilun / mafoilun / mafoil
Hazaji musaddasi mahzuf
* * *
Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey doʻst,
Shodligʻi ham mehnat-u gʻamdur manga, ey doʻst.
Lutf-u karamingni sen agar mendin ayasang,
Javr-u sitaming lutf-u karamdur manga, ey doʻst.
Diydor ila qoniʼ emas erdim esa, hajring
Bisyor jafo ayladi, kamdur manga, ey doʻst.
Koʻnglum yuzini javr ila chun sendin uyurmon,
Oxir necha bu javr-u sitamdur manga, ey doʻst.
Odamgʻa seni oʻxshata bilmonki, parisen,
Nortek yanoqing bogʻi Iramdur manga, ey doʻst.
Qoʻy qissayi Jamshedni jomi ilgingdin,
Gar boʻlsa dame mulkati Jamdur manga, ey doʻst.
Ogʻzinggʻa fido jonki, tabassum qilib aytur:
“Har lahza Atoyi ne adamdur manga, ey doʻst”.
– – V / V – – V / V – – V / V – ~
mafʼuvlu / mafoiylu / mafoiylu / mafoiyl
Hazaji musammani axrabi makfufi maqsur
“Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan.
https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/atoyi-gazallaridan/