AFRIKA QOʻNOGʻI

AFRIKA QOʻNOGʻI (Pennisetum tuphoidum) — bir yillik don va yem-xashak ekini. Tashqi koʻrinishidan makkajoʻxori va sorgo (oqjoʻxori, qoʻqon joʻxori)ga oʻxshaydi. Osiyo, Afrika, qisman Jan. Yevropaning quruqiqpimli zonalarida yetishtiriladi. Doni oziq-ovqatga va hayvonlarga yem uchun ishlatiladi. Bargi va poyasidan koʻk ozuqa va pichan tayyorlanadi. 100 kg donida 89 ozuqa birligi, 10 kg hazm boʻladigan protein, 100 kg pichanida 50 ozuqa birligi va 8,2 kg hazm boʻladigan protein bor. A. q. issiqsevar, yorugʻsevar va qurgʻoqchilikka chidamli. Kumloq va qoʻngʻir tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. 1 ga yerga 5—10 kg urugʻlik sarflanadi, urugʻlar 5—6 sm chuqurlikka ekiladi. Hosildorligi koʻk massa boʻyicha 80 — 500 s/ga, sugʻoriladigan maydonlarda 800—1000 s/ga, don boʻyicha 11-40 s/ga. Oʻzbekiston oʻsimlik-shunoslik i. t. insitutida Afrika qoʻnogʻini Oʻzbekiston sharoitlarida oʻstirish tavsiyalari ishlab chiqilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x