ZOKIRKOʻL

ZOKIRKOʻLQoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi qurib qolgan koʻl. Amudaryoning quyi oqimida, Qipchokdaryodan ajralib chiqadigan Madalioʻzak tarmogʻining bogllanishidan 3 km jan. gʻarbda boʻlgan. Mayd. 50-y. larning boshida 10 km2, oʻrtacha chuq. 0,5 m boʻlgan. Shim. dan jan. ga choʻzilgan boʻlib, Qipchoqdaryoni Moʻynoq qoʻltigʻi bilan tutashtirib turgan. 3. daryo, kollektorzovur suvlaridan toʻyingan. Oʻsha davrlarda koʻl qirgʻoklari yassi, atrofi qalin toʻqayzor boʻlgan. Koʻldan choʻrtan, qizilqanot, zogʻora, laqqa baliqlar ovlangan, koʻplab boqilgan. Amudaryo suvining kamayishi natijasida koʻl ham kichraya borgan: mayd. 1955-y. da 6,6 km2, 1960-y. da 5 km2, 1965-y. da esa qurib qolgan. Yogʻin koʻp boʻlgan 1969-y. 3. botigʻi yana suvga toʻla boshlagan: 1972-y. mayd. 2,73 km2 ga yetgan. 3. 1980-y. larda butunlay qurib qoldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x