ZIYOVUDDINXON ibn ESHON BOBOXON

ZIYOVUDDINXON ibn ESHON BOBOXON (1908.10.1 — Toshkent — 1982.22.12) — mufti, din va jamoat arbobi. Dastlab otasi Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli qoʻlida, soʻngra Toshkentdagi Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil koʻrgan (1923 — 31). Qohiradagi alAzhar dorilfununini tugatgan, Makka, Madina sh. lariga ilmiy safarlar qilgan (1947). Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qoʻmitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining oʻrinbosari (1943 — 57), raisi (1957—82). Toshkentda Imom Buxoriy nomidagi Islom intini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Uning saʼyiharakati b-n Buxoroda Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida oʻtkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalklar va dinlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga xarakat qildi. Masjidlar boʻyicha Butunjahon oliy kengashi aʼzosi etib saylandi (Makka, 1976).

Ziyovuddinxon diniy merosni keng targʻib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini oʻzbek va rus tillariga oʻgirgan (Abu Ali ibn Sina, Traktat po gigiyene, T., 1982). Ziyovuddinxonning «Diyorimizda islom va musulmonlar» asari (1979, rus tilida)da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalklar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzuumidlari bilan hamohang ekanligi koʻrsatilgan. Futuhiy taxallusi bilan sheʼrlar ham bitgan. Ziyovuddinxon xalklar oʻrtasida tinchlikni saklash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAP ning oliy ordenlari bilan takdirlangan. 1998-y. tavalludining 90 y. ligiga bagʻishlab Toshkentda xalqaro ilmiyamaliy konferensiya oʻtkazildi. Toshkentdagi Qaffol ashShoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan (ra).

Ad.: Boboxonov Sh., Soʻnmas ziyo, T., 1998; Babaxanov Sh., Muftiy Ziyauddinxan ibn Eshon Babaxan, T., 1999; Boboxonov Sh., Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon [Maʼnaviyat va ibrat maktabi], T., 2001.

Shamsuddinxon Boboxonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x