ZIYNAT TOSHLARI

ZIYNAT TOSHLARIsanʼat buyum lari (vaza, quticha, qadama naqsh va sh. k.) va zebiziynatlar (uzuk, isirgʻa, toʻgʻnogʻich va b.) tayyorlanadigan rangli mineral va togʻ jinslari. 3. t. fizikmexanik xossalariga qarab qattiq (5 va undan qattiqroq — mineral shkalasi boʻyicha, mas, nefrit, yashma, agat va b.) va yumshoq (qattiqligi 4 va undan yumshoqroq mas, malaxit, marmar oniksi, flyuorit va b.) boʻladi. 3. t. qiymatiga koʻra, 3 sinfga boʻlinadi: birinchi sinfga nefrit, lojuvard, sodalit, rodonit, malaxit, avantyurin va b. ; ikkinchiga — lepidolit, serpentin, obsidian, diatomit, flyuorit, kahrabo va b. ; uchinchiga — tosh tuzi, gips, marmar, angidrit, porfirlar va b. kiradi. Agat, kahrabo va baʼzi bir boshka minerallarning yaxshi turlari qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Ziynat toshlari konlari Yer kurrasining koʻp joylarida bor. Oʻzbekistonda Ziynat toshlari Samarqand, Navoiy viloyatlarida (marmar), Zirabuloq, Chatqol togʻlari, Kumushkonda (marmar oniksi), Qizilqum, Sulton Uvaysda (feruza), Qurama, Chatqol (xalsedon, flyuorit, agat) va Piskom togʻlarida (ametistsafsar, malaxit, togʻ billuri) topilgan. Xorijda 3. t. ning konlari RF (Ural, Sibir, Oltoy va b.), Ukrainada (Donbass, Karpat togʻlari, Qrim va b.), Qozogʻiston, Afrika, Jan. Amerika, Avstraliya va b. joylarda bor. 3. t. ning kup turlari texnikaning turli sohalarida ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x