ZIRA

ZIRA (Bunium persicum) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik xushboʻy ziravor oʻsimlik. Boʻyi 40—60 sm. Poyasining yarmidan yuqorisi shoxlangan. Ildizi tugunakli. Tupbarglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Bargi ipsimon boʻlaklarga boʻlingan. Gullari oq, mayda, har bir soyabonchada 20—30 tadan. Iyunda gullaydi, urugʻi iyulda pishadi. Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo adirlarida, togʻ yon bagʻirlarida koʻp oʻsadi. Urugʻi mayda, choʻziq, qoramtirjigarrang, sirti taramtaram, juda xushboʻy. Tarkibida 2,753,0% efir moyi bor. Oʻrta Osiyo xalqlari goʻsht tuzlashda, qazi va b. ovkatlar tayyorlashda kadimdan keng foydalanib keladi. Xalq tabobatida meʼda kasalliklarini davolashda, siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x