ZARMITON (CHORMITON) OLTIN KONI

ZARMITON (CHORMITON) OLTIN KONINurota togʻining jan. gʻarbiy chekkasida, Samarqand sh. dan qariyb 100 km shim. gʻarbda joylashgan kon. 1952-y. I. H. Hamroboyev ochgan. 1978-y. ishga tushirilgan. 1950y. lardan keyin konda olib borilgan geologik qidiruv va geofizik tadqiqotlar natijasida oltini bor bir qancha joylar aniqlandi. Kondagi asosiy ruda minerali — oltin va kumush; qoʻshimchalari: volfram, qoʻrgʻoshin, pyx, surma va b. Z. o. k. geologik tuzilishida erta silur davri jazbuloq svitasiga taallukli vulkanogenterrigen jinslar ishtirok etgan. Ular izoklinal burmalar hosil qilgan va regional metamorfizm jarayoniga uchragan. Kondagi intruziv jinslar biotitamfibolli granosiyenitlardan iborat. Sanoat ahamiyatiga molik rudalar yertomir shaklida, ular 70—80° ostida shim. va shim. sharqqa enkaygan. 3. o. k. da oltin hosil boʻlishida tektonik, magmatik va litologik omillar muhim rol oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x