ZAGURSKAYA Galina Nikolayevna

ZAGURSKAYA Galina Nikolayevna (1905.27.4, Irkutsk – 1978.16.11, Toshkent) — aktrisa va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Irkutsk balet maktabini tugatgan (1922). 1937-y. dan Toshkentda, M. Gorkiy teatrida aktrisa. Yaratgan obrazlari psixologik chuqur va joʻshqinligi, xarakat va nutq madaniyatining mukammalligi bilan xarakterlanadi. Ijobiy va salbiy, fojiaviy va hajviy rollarni bir xilda mahorat bilan ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Varvara, Kruchinina («Momaqaldiroq», «Aybsiz aybdorlar»), Yelena, Vasilisa Karpovna («Meshchanlar», «Tubanlikda»), Anna Karenina («Anna Karenina»), Ranevskaya («Olchazor»), Saburova («Yagona guvoh»), Diana («It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi»), Mirandolina («Mehmonxona bekasi»), Jamila, Maysara («Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi»), Toʻlgʻanoy («Momo yer») va b. Rej. sifatida «Etik kiygan mushuk», «It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi», «Jizzaki», «Kichkintoy Dorrit», «Uch xapdori» kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x