YouTube’dagi videodan GIF yaratish

YouTube’dagi videodan GIF yaratish

Bugungi kunda video eng mashhur kontent turlaridan biri bo‘lib, YouTube uning eng katta ombori hisoblanadi. Kulgili videolar, tarixga oid ko‘rsatuvlar, xullas qanday videoni tomosha qilishni xush ko‘rishingizdan qat’i nazar, hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham sizda o‘zingiz yoqtirgan parchadan animatsion GIF yaratish istagi yuzaga kelgan bo‘lishi aniq.

Videodan GIF yaratish uchun tavsiya etiluvchi qadamlar ketma-ketligi esa quyidagicha:

1️⃣. YouTube’dagi GIF-parcha yaratilishi lozim bo‘lgan videoga o‘ting va uning URL-manzilini nusxalab oling.

2️⃣. gifrun.com saytiga o‘ting va nusxalab olingan manzilni undagi matn kiritish maydoniga joylashtiring.

3️⃣. Ochilgan video muharrirda start surgichini kerakli joyga olib o‘tkazing va parchaning davomiyligini tanlang.

4️⃣. So‘ngra “CREATE GIF” tugmasini bosing.

Hosil bo‘lgan animatsiyani kompyuterga saqlash uchun “DOWNLOAD” tugmasini bosishgina qoladi. Xizmat bepul, ro‘yxatdan o‘tish zaruratisiz ishlaydi va GIF-tasviriga suvli belgini qo‘shmaydi.

📝 Manba: @bugfeature

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x