YOGʻLIQ QORA

YOGʻLIQ QORA (Leptaleum fi lifolium) — karamdoshlar (krestdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻt, efemer oʻsimlik, boʻyi 5—20 sm. Poyasi sershox, mayda tuklar bilan qoplangan. Bargi ensiz, qalami yoki patsimon qirqilgan. Guli pushti, tojbargi 1 sm. Qoʻzogʻi qalami, oʻtkir uchli, uz. 1—4 sm. Urugʻi qoʻzoqsa 2 qator joylashgan. Mart—mayda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlaridagi choʻl va adirlarda, togʻ yon bagʻirlarida koʻp oʻsadi. Erta bahorda mollar uchun yaxshi ozuqa boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x