Yili va yilda

Voqea-hodisaning tarixi boʻladi. Tarixning muhim jihatlaridan biri – sanalardir.

Yillarni ifodalashda “yili” va “yilda” soʻzlari qoʻllanadi. Masalan, 2019 yili yoki 2019 yilda. Men koʻpincha 2019 yili deb qoʻllayman. Chunki sanadan keyin yana -da qoʻshimchali soʻz kelishi mumkin va takror paydo boʻladi. Masalan:

2018 yilda korxonamizda yangi boʻlim ish boshladi.

Yoki:

Erkin Vohidov 1936 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.

Mana shunday oʻrinlarda yili deb qoʻllagan maʼqul.

Yil va kun birgalikda yaxlit sanani bildirsa, -da ishlatiladi. Masalan:

Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Oltiariq tumanida dunyoga kelgan.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi gapda ikkita -da qoʻshimchasi ketma-ket kelib qoldi. Bunday hollarda 1936 yil 28 dekabr kuni, degan maʼqul.

Yil va kun birga kelganda yil ishlatiladi, yili emas. Masalan, 1936 yili 28 dekabrda deyish xato.

Kun biror yilga tegishli ekani bildirilganda qaratqich qoʻshimchasi (-ning) ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin. Agar kun sanasi aniq koʻrsatilsa, -ning ishlatiladi, noaniq boʻlsa, tushirib qoldirsa boʻladi:

  1. 1936 yilning 28 dekabrida.
  2. 1936 yil(ning) dekabrida.

Bu qoidalarga doim amal qilish shart emas. Baʼzi oʻrinlarda yilda deb ishlatish oʻrinliroq boʻladi. Qay birini ishlatishni jumla va umumiy mazmun (kontekst)dan kelib chiqib belgilaysiz.

 

Orif Tolib

 

oriftolib.uz

https://saviya.uz/ijod/tilshunoslik/yili-va-yilda/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x