YERGA YAQIN HAVO QATLAMI

YERGA YAQIN HAVO QATLAMI — 1) Yer sirtidan to 50—100 m gacha qalinlikdagi havo qatlami. Bu qatlamda balandlik oshgan sari turbulent (tartibsiz) almashish koeffitsiyenti ham orta boradi, natijada meteorologik ele-mentlarning vertikal gradiyentlari (balandlik boʻyicha masofa birligida oʻzgarish kattaligi) yuqori havo qatlamlaridagiga nisbatan oʻn va yuzlarcha marta katta boʻladi. Shamol tezligi orta boradi, yoʻnalishi esa deyarli oʻzgarmaydi. Balandlik ortishi bilan havo t-rasi kunduzi pasayadi, kechasi koʻtarila boradi;

2) Yer sirtidan to 1,5—2,0 m balandlikkacha boʻlgan havo qatlami. Bu qatlamda meteorologik hodisa va jarayonlar maʼlum joyning xususiyatiga uzviy bogʻliq holda yuz beradi, kechasi t-ra va namlikning katta vertikal gradiyentlari kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x