YERGA ULASH

YERGA ULASH (zazemleniye) – elektr apparatlar, mashinalar, jixrzlar, yashin qaytargichlar va b. ni yer bilan tutashtirish. Yerga ulagichlar vositasida amalga oshiriladi. Yerga ulagich yerga koʻmiladigan metall (poʻlat, mis) elektrod va qurilmalarning yerga ulanadigan qismlarini elektrod bilan biriktiradigan oʻtkazgichdan iborat. Yerga tik qoqiladigan poʻlat quvur (vodoprovod tarmogʻi, markaziy isitish yoki gaz tarmoqlaridan boshqa) qam elektrod vazifasini bajaradi. Yerga ulanadigan qism bilan yer orasidagi qarshilikni kamaytirish uchun elektrod sizot suvlari sathi chuqurligida koʻmiladi; yerning qarshiligi katta boʻlganda elektrodga namakob quyiladi. Yerga ulash radioeshittirish tarmoqlarida, radiotexnikada, simli aloqada (bunda yer oʻtkazgich vazifasini bajaradi), yashin qaytargich va b. apparatlarda (ularni ortiqcha kuchlanishdan himoya qilish, yaʼni tokni yerga oʻtkazib yuborish uchun) ishlatiladi. Yerga ulash tashqi maydon taʼsirida hosil boʻladigan qarshiliklarni kamaytiradi. Kishilarni tok urishidan himoya qilish uchun kuchlanish ostidagi qurilmalarning tashqi metall qismlari (mashina, apparat korpuslari va b.) yerga ulanadi. Yerga ulash qarshiligi oʻzgaruvchan tok koʻprigi bilan oʻlchanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x