Yangi yil bayrami qachondan nishonlana boshlangan?

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Mana barchamiz orziqib kutgan Yangi yil bayrami ham yaqinlashib kelmoqda. Ushbu kunga avvaldan tayyorlanib: uyimizni yasatamiz, archa bezatamiz, yaqinlarimizga sovg‘a tayyorlaymiz. Chunki 31 dekabr kuni hamma o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘ladi. Uy bekalari kuydir-pishir bilan band, buyijonlarimiz bo‘lsa salat uchun kerakli masalliqlarni archib, yordam berishadi, gaz duxovkasidan taralayotgan shirin hid esa dimoqni qitiqlaydi.

Mana shunday bayram oldi qizig‘in tayyorgarlik payti bir savol tug‘iladi. Qiziq, kishilar Yangi yil bayramini qachondan boshlab nishonlashgan ekan?

Keling, bu haqda bilib olish uchun tarihga bir nazar tashlamiz.

Qadim-qadimda Rim imperatori Yuliy Sezar 1 yanvar sanasini yangi yilning ilk kuni deb e’lon qilgan. Shu kundan boshlab, rimliklar yangi ish rejalar tuzishgan, ushbu kun munosabati bilan yaqinlariga sovg‘a-salom ulashishgan. Lavr shohidan foydalanib, do‘stlariga mana bunday tabriknomalar yozishgan: “Yangi yilda sizga  yoqimli lahzalarni talayman”. Ba’zan esa hazil she’rlar ham bitishgan.

Archa daraxtini bo‘lsa birinchi bo‘lib nemislar yasata boshlashgan. O‘rmondan katta archa daraxtini olib kelib, unga olma, yong‘oq va tuxumlarni ilib chiqishgan. Kelayotgan yil barakali bo‘lsin, deyishgan-da.

Keyin esa boshqa xalqlar ham Yangi yil bayramida archa yasata boshlashgan. Archani uyning markaziga, ya’ni barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyga o‘rnatib, uni turli-tuman shirinliklar, mevalar va o‘yinchoqlar bilan bezatishgan.

Hozirga kelib esa Yangi yilni archasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agar u bo‘lmasa Yangi yil kechasi Qorbobo sovg‘larni qayerga qo‘yadi?

erkatoy.uz

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x