YANGI MIRISHKOR

YANGI MIRISHKORQashqadaryo viloyati Mirishkor tumanitsati qishloq, tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Koson (33 km). Yangi Mirishkordan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 43 km. Aholisi 3 ming kishi (2005). Umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, avtokorxona, MTP, paxta tozalash z-di, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Musiqa maktabi, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 sport inshooti mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x