YAKAN

YAKANyakandoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻt oʻsimliklar turkumi. 250 turi maʼlum. Asosan, moʻtadil va sovuq mintaqalarda, tropik va subtropik zonaning baland togʻliklarida tarqalgan. Oʻzbekistonda Yakanning choʻlbaqa Yakani yoki qizgʻish Yakan, duragay Ya., egilgan Yakan, yirik changdonli Yakan, boʻgʻimli yoki yaltiroq Yakan va jerar Yakani yoki qizil Ya. kabi 16 turi mavjud. Boʻyi 10—90 sm gacha, barglari qinli, gullari qoʻngʻiroq yoki sargʻishyashil, ikki jinsli soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan. May — avg. oylarida gullab, sentyabr — oktyabr da urugʻlaydi. Mevasi uch urugʻli koʻsakcha. Oʻzbekistonning barcha tumanlaridagi zax, sersoya yerlarda hamda begona oʻt sifatida sholizorlarda oʻsadi. Koʻpgina turlari chorva mollari uchun yaxshi ozuqa.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x