XUSRAVONIY

XUSRAVONIY (fors. shohlarga mansub) — Oʻrta Osiyo va Eron qad. bastakorlik sanʼati, xususan, Borbad ijodiga nisbat etilgan musiqiy asarlar turkumi. Dastlab, 7 qismdan iborat boʻlib, 7 xil pardada kuylanuvchi shohona (jasorat, mardlik va b.) mavzularga oid (ayrimlari «Avesto» matnlaridagi) qoʻshiklardan tuzilgan. Keyinroq bular asosida oʻzga mavzular qamrovidagi turkumli asarlar yuzaga kelgan (mas, «Arus Ganji» — «Gov ganji» — «Shaboda ganji» — «Afrosiyob ganji»; «Eraj qasdi» — «Siyovush qasdi» — «Gʻamdor» — «Dodu faryod»; va b.). X. turkumlari Sharq badiiy (Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Navoiy va b.) va ilmiy (Forobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Muhammad Nishopuriy, Xoja Abdulqodir Marogʻiy va b.) asarlarda keng taʼriflangan. Risolalarda koʻrsatilishicha, turli ommaviy tadbirlar, xususan, Navroʻz bayrami va hatto harbiy yurishlar X. turkumidagi kuy va qoʻshiqlarsiz oʻtmagan. X. keyinchalik Oʻn ikki maqom tizimi va oʻzga mukammal turkumlar shakllanishida omil vazifasini oʻtgan.

Ad.: Gafurbekov T., Tvorcheskiye resursы natsionalnoy monodii, T., 1984; Borbad, epoxa i traditsii kulturы, Dushanbe, 1989.

Toʻxtasin Gʻafurbekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x