XUSRAV SULTON

XUSRAV SULTON (toʻliq ismi Xusrav bin Yormuhammad bin Jonibek) (? — 1562) — shayboniylardan. Kesh hokimi (1550—62). 1554-y. Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) Keshga hujum qilganda Balxga qochgan. 1556-y. Keshni qaytarib olgan. 1562-y. Samarqand hokimi Abulxayr ibn Juvonmardali undan Keshni tortib olib, qizi Xonbibyta uylangan. Bunga chiday olmagan X. S. Abdullaxon II ni yordamga chaqirgan, biroq Kesh uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan. Kesh uning oʻgʻli Isfandiyor Sultonga topshirilgan. «Muzakkiri ahbob» tazkira muallifi, shoir Hasanxoja Nisoriy X. S huzurida (1553; 1555—56 y. larda) xizmat qilgan.

Ad..Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob (Doʻstlar yodnomasi), T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x