Xudoni yomon degan professor sharmanda bo’ldi

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Kunlarning birida universitetda ma’ruza o’qiyotgan professor-o’qituvchi talabalarga: “Barcha mavjudot Xudo tomonidan yaratilganmi?” degan savol bilan murojaat qildi.

Bir talaba dadil turib javob berdi:
– Ha, professor, barcha mavjudot Xudo tomonidan yaratilgan.
– Xudo hamma narsani yaratganmi? – so’radi professor.
– Ha, ser, – javob berdi talaba.
Professor so’radi:
– Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo’lsa, demak Xudo yomonlikni ham yaratgan ekan-da, agar Xudo bor bo’lsa. Va, “Biz qanday bo’lsak, qilmishlarimiz ham shunga yarasha bo’ladi”, – tamoyiliga ko’ra, Xudo yomon ekan-da?
Talaba bu gaplarni eshitib jim bo’lib qoldi. Professor faxrlanib, talabalarga, Xudoga ishonish bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim, deb o’zicha maqtandi…
Yana bir talaba qo’lini ko’tarib, so’radi:
– Sizga savol bersam maylimi, professor?
– Albatta, – javob berdi professor.
Talaba turib so’radi:
– Sovuqlik mavjudmi?
– Nima deganing bu? Albatta mavjud. Sen hech qachon sovuq yemaganmisan?
Talabalar uning savoliga kulishdi. Yigit javob qildi:
– Aslida, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yo’qligidir. Insonni yoki predmetni, ular energiyani yutadilarmi yoki ajratadilarmi, bilish uchun o’rganish mumkin. Mutlaq nol – issiqlikning umuman yo’qligi. Bunday temperaturada butun modda inert bo’lib qoladi. Sovuqlik mavjud emas. Biz bu so’zni, issiqlik yo’q holatini ta’riflash uchun o’ylab topganmiz.
Talaba davom etdi:
– Professor, qorong’ilik mavjudmi?
– Albatta mavjud.
– Siz yana nohaqsiz, ser. Qorong’ulik ham mavjud emas. Qorong’ulik aslida yorug’likning yo’qligidir. Biz yorug’likni o’rganishimiz mumkin, ammo qorong’ulikni o’rgana olmaymiz. Biz oq nurni turli ranglarga ajratib, har bir rang to’lqinining turli uzunliklarini o’rganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorong’ulikni o’lchay olmaysiz. Oddiy yorug’lik nuri qorong’ulikni teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Biron bir makon qanchalik qorong’u ekanini siz qaydan bilasiz? Siz yorug’likning qancha miqdori borligini o’lchaysiz. Shunday emasmi? Qorong’ulik – yorug’lik yo’qligida nima sodir bo’lishini ta’riflash uchun inson ishlatadigan tushuncha.
Oxir oqibat, talaba professordan so’radi:
– Ser, yomonlik mavjudmi?
Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi:
– Albatta, hali aytganimdek, biz uni har kuni ko’ramiz. Insonlar o’rtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo bo’ylab sodir etilayotgan ko’plab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon bo’lishidir.
Bunga talaba quyidagicha javob qildi:
– Yomonlik mavjud emas, ser, yoki har holda, u o’zi uchun mavjud emas. U ham qorong’ulikka va sovuqqa o’xshaydi. Yomonlik – bu Xudoning yo’qligini ta’riflash uchun inson o’ylab topgan so’z. Yomonlik, yorug’lik va issiqlik kabi mavjud bo’lgan ishonch yoki muhabbat emas. Yomonlik inson yuragida Xudoga bo’lgan muhabbatning yo’qligi natijasidir. Bu xuddi sovuqlikka o’xshaydi, issiqlik bo’lmaganida keladi, yoki qorong’ilikka o’xshaydi, yorug’lik bo’lmaganida keladi.
Professor sharmanda bo’lgancha joyiga o’tirdi…
Xudoni yomon degan professorni sharmanda qilgan yosh talabaning ismi – Albert Eynshteyn edi…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x