XOʻJAIPOK

XOʻJAIPOKSurxondaryo viloyati Boysun tumanidagi daryo, Surxondaryoning oʻng irmogʻi. Boysuntogʻning sharqidagi Xoʻjabuzboraktogʻdan 3360 m balandlikdan boshlanadi. Uz. 91 km, havzasining mayd. 765 km2, oʻrtacha bal. 695 m. Yillik oʻrtacha suv sarfi 16,8 m3/ sek. dan (koʻp suvli 1969-y. da) 2,49 m3/sek. gacha (kam suvli 2001-y. da) oʻzgaradi. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Daryoning gidroenergiya zaxirasi 1 mlrd. kVt/soat. Xoʻjaipokdan ekinzorlarni sugʻorishda foydalaniladi. Qayroq, Duoba, Diybola, Qoʻrgʻoncha, Oqsuv, Fangart qishloqlaridan oqib oʻtadi. Xoʻjaipokning turli qismlari qaysi qishloq yonidan oʻtishiga qarab Xalqajar, Qizilsuv, Xoʻjabuzborak, Qoʻrgʻonchasoy, Tentaksoy deb yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x