XOVOS

XOVOSSirdaryo viloyati Xovos tumanil&tk shaharcha (1960-y. dan), tuman markazi (2004-y. dan). T. y. chorrahasi. 1899-y. da Ursatyevskaya t. y. stansiyasi sifatida barpo etilgan. Katta Oʻzbekiston trakti yonida, viloyat markazi (Guliston sh.) dan 30 km. Axoliyey 27,3 ming kishidan ziyod (2004).

Xovosda neft bazasi, gʻisht, keramika, uzumni qayta ishlash zavodlari, un va non ktlari, MTP, avtokorxona, kurilish tashkilotlari, Uzbeki ston — Xitoy «XovosFusin» qoʻshma korxonasi (kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradi), dehqon bozori bor. 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, kutubxonalar, madaniyat saroyi, klub muassasalari, markaziy stadion, markaziy kasalxona, t. y. kasalxonasi va poliklinikasi, tez tibbiy yordam, tashxis markazlari mavjud.

Xovos t. y. stansiyasi orkali Toshkent—Namangan—Andijon poyezdlari oʻtadi. Xovos — Guliston, Xovos — Farhod yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x