XOʻJAKENT GES

XOʻJAKENT GESChirchiq daryosining yuqori qismida, Chorvoq GES dan quyirokda. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoronkoʻl qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy kuvvati 165 MVt boʻlgan 3 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1971-y. da boshlangan. 1gidroagregati 1976-y. 10 dek. da foydalanishga topshirilgan, keyingi 2 agregati 1977-y. da ishga tushirilgan.

GES gidrouzeli tarkibiga bal. 40 m, uz. 597 m li toʻgʻon, 3 ta suv tashlama inshoot, stya binosi kiradi. GESdan elektr quvvati 110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. 2003-y. da 688,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x