XOʻJAIKON TUZ KONI

XOʻJAIKON TUZ KONISurxon dare viloyatining Sherobod tumanidagi kon, 1942-y. da ishga tushirilgan. Kon yotiq sinklinal burmada joylashgan, bunda tuz qatlamlari teskari qatlamlangan boʻlib, oq tuzlar yuqori, qizil tuzlar pastda joylashgan. Kizil tuz katlamlarida kaliy tuzlarining 6 qavati ajralib turadi. Tuzlarning razvedka qilingan zaxirasi 46 mln. t, yiliga 150 ming t. dan karyerlardan qazib olinmoqda. Xoʻjaikon tuz konida osh tuzi yirik donali, tarkibida 92,3 — 99,7% NaCl mavjud. Kondagi osh tuzi qatlamining qalinligi 350—400 m ga yetadi. Rangi oq, sariq, pushti, qizil. Tuz qatlamlari 150—300 m qalinlikdagi qum, gil, qumtosh, ohaktosh kabi toʻrtlamchi va quyi boʻr davrlariga mansub yotqizikdar bilan qoplangan. Xoʻjaikon tuz koni hozirgi kunda mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir. Yiliga 93 ming t osh tuzi qazib chiqarilmoqda. 1995-y. AQSHdan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan isteʼmol tuzi i. ch. liniyasi ishga tushirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x