XOʻJANDIY

XOʻJANDIY (14-a. ning 2-yarmi Xoʻjand — 15-a. boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. X. haqida biografik maʼlumotlar saklanmagan. Bizgacha uning «Latofatnoma» asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyshsht «Muhabbatnoma»siga nazira tarzida yozilgan. Doston oʻnta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan.

Tilar boʻlsang jahon ichra amorat.

Faqirlar koʻnglini qilgin imorat kabi misralarida insonparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. «Latofatnoma» 15-a. boshlarida oʻzbek sheʼriyatiga xos detallar va badiiy anʼanalar (ayniqsa, tajnis)ga boy, tili ommabop. Forscha, arabcha soʻzlar kam. Unda fikriy aniqlik va hissiy joʻshqinlik mujassam. Asar Oltin Oʻrda xonligida yaratilgan turkiy tildagi nodir adabiy asar boʻlib, oʻzbek adabiyotida nomanavislik janriga muhim hissa boʻlib qoʻshilgan.

Ad.: Oʻzbek adabiyoti, 1j., T., 1959.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x