XITOY

XITOY, qtoy, kidan — turkiy urugʻlardan biri. Ularning ajdodlari qad. kidanlar boʻlgan (q. Kidonlar). 11-a. ga kelib ularning Shim. Xitoydagi davlati tugatilgach, bir qismi Oʻrta Osiyoga koʻchib oʻtgan. Manbalarda ularni qora Xitoy deb atashgan (q. Qoraxitoylar). 16-a. da Xitoy larning bir qismi Shayboniyxon qoʻshinlari tarkibiga kirgan. 17-a. da Xitoy larning katta guruhi kipchoqlar bilan birgaliqda Xitoy qipchoqlar qabilaviy ittifoqini tuzganlar va Urta Zarafshon vohasiga koʻchib oʻtganlar. Bu qabilaviy ittifoq 19-a. ning oʻrtalarigacha davlatning siyosiy hayotida muhim oʻrin tutib kelgan. Xitoylar 3 katta uruqqa boʻlingan: qanjigʻali Xitoy, qoʻshtamgʻali Xitoy va oʻtarchi. 19-a. ning 70-y. larida Samarqand viloyatida yashovchi Xlar 45 ming kishini tashkil qilgan. Xitoylar Buxoro, Xorazm viloyatlarida ham yashaganlar. Xitoylar qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird va b. turkiy xalqlar tarkibiga kirgan.

Ad.: Shaniyazov K., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x