XINSHELVUD

XINSHELVUD (Hinshelwood) Siril Norman (1897.19.6 — London — 1967.9.10) — ingliz fizikkimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1929) va prezidenta (1955—60). Oksford universitetining Beylyel kollejini tugatgan (1924); shu universitetda prof. (1937 — 64). Asosiy ilmiy ishlari zanjir reaksiyalar sohasiga oid. Rus olimi N. N. Semyonov bilan bir vaktda zanjir reaksiyalar nazariyasi asoslarini yaratdi. X. anorganik va organik lgoddalarning, mas, kaliy permanganat, aldegidlar, keton va b. moddalarning boʻlinish kinetikasini tadqiq etgan. Bakteriyalarning turli muhitlarda oʻsish muammolari bilan shugʻullangan (1938-y. dan). Nobel mukofoti laureati (1956; N. N. Semyonov bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x