XERMESLAR

XERMESLAR (Adelgidae) teng qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Qanotli va qanotsiz turlari bor. Shim. yarim sharning moʻtadil mintaqasidagi ignabargli daraxtlarda uchraydi. 40 turi mavjud. X. hayot siklida jinsiy urugʻlanish bilan birga partenogenez koʻpayish ham sodir boʻlib turadi. Ikki uyli X. (mas, yashil X.) qora qaragʻay (birlamchi xoʻjayin)da kichkina gʻuddalarga oʻxshash boʻrtmalar hosil qiladi; boshqa ignabarglilar (ikkilamchi xoʻjayin)da otalangach urgʻochi X. qishlovchi tuxumlar qoʻyadi. Bir uyli X. (mas, sariq X.) oʻrmon va xiyobonlardagi daraxtlarni zararlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x