XATTI BOBURIY

«XATTI BOBURIY» («Bobur xati») — Zahiriddin Muhammad Boburttt risolasi va shu risolada ilgari surilgan xat turi. «Xatti Boburiy» arab alifbosi asosida tuzilgan boʻlsada, bu alifbodan baʼzi jihatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu ham arab alifbosi singari 29 harfdan iborat. Risolada Bobur arab alifbosini tahrir qilib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish yoʻlidan boradi va shu maqsadda uni turkiy tilning talaffuz meʼyorlariga moslashtirishga harakat qiladi. U Hindistonda ekanligida bu xat bilan kitobat qilingan oʻzining bir qancha sheʼrlarini Movarounnaxr va Afgʻonistonga Humoyun Mirzo, Xoja Kalon va Hindol Mirzoga joʻnatgan edi. Xatti Boburiy bilan muqaddas Qurʼoni karim ham koʻchirilgan va u «Musʼhafi Boburiy» deb atalgan. Bu noyob qoʻlyozma Mashhad sh. (Eron)dagi Imom Rizo yodgorlik majmuasi kutubxonasida, kseronusxasi Andijon sh. dagi «Bobur va jahon madaniyati» kitob muzeyida sakdanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x