Windows tizimidagi C diskni qanday tozalash mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Windows tizimidagi C diskni qanday tozalash mumkin?
#foydali

Bilamizki, Windows tizimida C disk, sistema diski hisoblanadi, chunki bu diskka tizim o’rnatiladi. Bilib bilmasdan, bu diskdagi biror faylni o’chirish, tizimni to’liq qayta o’rnatishga ham olib kelishi mumkin. Shunday ekan, biror sababsiz bu diskdagi fayllarga tega ko’rmang.

C diskning to’lib qolishi, tizim ishlashini sezilarli darajada pasaytiradi, shu sababli bu diskda iloji boricha bo’sh joy bo’lsin, taxminan maksimal darajada 60-70% gacha to’ldirishingiz mumkin.

Agar, e’tiborsizlik natijasida bu diskni to’latib qo’ygan bo’lsangiz, quyidagilar yordamida diskni bo’shatishingiz mumkin:

1. Ish stolingizdagi kerak bo’lmagan fayllarni o’chirish, undan tashqari «Документы», «Изображения», «Музыка», «Загрузки» papkalaridagi fayllarni ham tozalash C diskni bo’shatadi.
2. Kerak bo’lmagan o’yin va dasturlarni o’chirish. Odatda, o’yin va dasturlar C diskka o’rnatiladi, agar siz boshqa joy ko’rsatmasangiz, demak ularni o’chirish varianti ham bor.
3. Vaqtinchalik ochilgan fayllarni o’chirish, bu fayllar C:Windows ichidagi Temp papkasida bo’ladi.
4. Tizimni axlatlardan tozalash, bu ishni qilishda CCleaner (https://t.me/planetaitsoft/3) dasturi yordam beradi.
5. Ish stolida joylashgan «Корзина»ni ham tozalang.
6. Agar dastur, o’yinlarni toza o’chirmagan bo’lsangiz, uning fayllari C:Program Files papkasida qolib ketgan bo’ladi, shularni ham qo’lda o’chirib tashlashingiz mumkin.

☝️ Yuqoridagilardan tashqari, C diskda yana ikkita katta fayl mavjud, pagefile.sys va hiberfil.sys, bular haqida boshqa postlarda yozib o’taman, ularni shundayligicha o’chirib yubormay turing.

☝️☝️ Diskdagi joylarni, WinDirStat (https://t.me/planetaitsoft/116) dasturi orqali nazoratga olishingiz mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x