VITAMIN B 6

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Vitamin B 6

#Витамин Б 6

💊DORI SHAKLI 👇

Ineksiya uchun eritma , 1 ml ampulada chiqadi.

💊TARKIBI 👇

1 ml eritma , ya’ni 1 ampula 50 mg piridoksin gidroxlorid moddasini o’zida saqlaydi.

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

B guruh vitaminlari ta’siriga ega. Vitamin vosita.

💊QO’LLANILISHI 👇

— Markaziy va periferik nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi.

— Organizmda vitamin B 6 yetishmovchiligida qo’llaniladi.

— Ovqat bilan ushbu vitaminning organizmga kirmaslik holatlarida qo’llaniladi.

— Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va bolalarda vitamin B 6 ga bog’liq tirishishlarda qo’llaniladi.

— Anemiya , ya’ni kamqonlik holatlarida qo’llaniladi.

— Asab charchagan holatlarda nerv tolalarini faoliyatini yaxshilab , normallashtiradi.

— Oqsil , aminokislata , yog’ va uglevodning organizmdagi modda almashinuvidagi faoliyatini yaxshilaydi.

— Oshqozon — ichaklardan magniy va vitamin B 12 moddasini so’rilishini ta’minlaydi ( yaxshilaydi ).

— Dengiz va havo kasalligi qo’llash mumkin.

— Radikulit , nevrit va nevralgiyalarda qo’llaniladi.

💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇

Mushak orasiga , vena ichiga va teri ostiga qo’llaniladi. Ko’pincha mushak orasiga yuborishadi.

Preparatning kunlik qo’llash dozasi har xil kasallikka qarab. Shu sabab odatiy xolatda kuniga kattalarga va 14 yoshdan katta bo’lgan bolalarga 1 — 2 ampula qo’llash mumkin.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarga esa kattalarga tayinlangan dozani 1/3 ( uchdan bir ) qismi qo’llash buyuriladi.

🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇

Vitamin B 6 uzoq muddat qo’llanganda paresteziyalar , uyquchanlik va qonda folat kislotasining miqdori kamayishi kuzatilishi mumkin.

❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas.

— Jigarning og’ir kasalliklarida mumkin emas.

— Oshqozon ichak yara kasalligida mumkin emas.

Vitamin B 6 — tabletkasi ham bor.
Vitamin B 6 tabletkasi .
Quyidagi rasmda ko’rsatilgan mahsotlar tarkibi , ya’ni har 100 grammida qancha vitamin B 6 saqlashi ko’rsatilgan. Rasmdan yana qaysi mahsulotlar tarkibida vitamin B 6 borligini ham bilib olasiz 👌
Ushbu mahsulotlar tarkibida vitamin B 6 bor.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

💥Homiladorlik va emizish davrida qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

💥Vitamin B 6 organizmda ,,BAXT GORMONI » ya’ni serotonin gormoni sintezini amalga oshiradi.

💥Yosh bolalarda tirishish , ya’ni sudorgi holatlarida qo’llash mumkin. Kattalarga ham epilepsiya ,ya’ni tirishish , tutqanoq kabi kasalligi bo’lsa komleks davo ichida qo’llanadi.

💥Preparatni tez yubormang , sekin yuboring. Sababi tez yuborilganda sudorgi , ya’ni tirishish xolati kuzatilishi mumkin deyilgan.

💥Emizikli ayollarda , emizish faoliyatini susaytiradi.

💥Vitamin B 6 ni qabul qilganda , oshqozondagi kislotali muhit kuchayadi. Shu sabab oshqozon yarasi , perforatsiya ( oshqozon teshilishi ) va jig’ildon qaynashi kabi kasalliklar va belgilar bo’lsa preparatni ko’p va uzoq muddat qabul qilish kerak emas. Qisqa davolov kurslari mumkin ( 3 — 4 kun ).

💥Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi.

💥Vitamin B6 tarkibiga ega asosiy mahsulotlar — jigar, fasol, yormalar (grechka, so‘k), bug‘doy uni, drojji. B6 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 1-2 mg.ni tashkil qiladi.

💥Piridoksin (B6 vitamin)—

ko‘pgina o‘simlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bug‘doy murtagi, jigar, baliq, mol go‘shti va dukkakli donda bo‘ladi. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi.

💥Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi, me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yallig‘lanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari ta’sirida hosil bo‘ladi.

💥Xalq orasida vitamin B 6 ni ,, OQ VITAMIN » deyishadi.

🔰NARXIGA KELSAK 👉 10 ampulasi — 4000 so’m.

💉Qo’llash — retsept bilan

💉Ishlab chiqaruvchi — Armaniston.

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x