VERAKRUS

VERAKRUSMeksika shtati, mamlakatning jan.-sharqida, Meksika qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 71,7 ming km2. Aholisi 6,2 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Xalapa sh. Sharqiy Syerra-Madre togʻlari yon bagʻriga tutashgan dengiz boʻyi pasttekisligida joylashgan. Tropik plantatsiya xoʻjaliklari (kofe, shakarqamish, apelsin, banan, ananas, kakao va b.) bor. Meksikaiing asosiy neft sanoati r-ni. Neft (Tampiko, Posa-Rika, Tuspana r-nlari) va tabiiy gaz (PosaRika) olinadi va qayta ishlanadi. Qora metallurgiya (Berakrus sh.) rivojlangan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x