VAVILOV Sergey Ivanovich

VAVILOV Sergey Ivanovich [1891.12(24) .3 — Moskva—1951.25.1 — rus fizigi, jamoat arbobi. Fizik optika ilmiy maktabi asoschisi, sobiq Ittifoq FA akad. (1932) va prezidenti (1945-y. dan). Katta sovet ensiklopediyasi (BSE) 2-nashri bosh muharriri (1949-y. dan). N. I. Vavilovning ukasi. Vavilov lyuminessensiya — yorugʻlik tushirilgan baʼzi moddalarning uzoq yorugʻlanishini oʻrgangan, yorugʻlik texnikasida keng qoʻllaniladigan kunduzgi va oq yorugʻlik sochadigan lyuminessent lampalar i. ch. texnologiyasini ishlab chiqqan. Vavilov yorugʻlikning kvant fluktuatsiyalarinm topishga doyr nozik tajribalar oʻtkazib, yorugʻlikning kvant tabiatini yaqqol isbotlagan. P. A. Cherenkov bilan birga Cherenkov — Vavilov nurlanishi deb nomlangan yangi fizik hodisani kashf etgan. Vavilov fizika tarixi boʻyicha yirik mutaxassis hisoblanadi, xususan I. Nyutonning optikaga oid barcha ishlarini rus tiliga tarjima kilgan va uning eng yaxshi biografiyalaridan birini yozgan. Vavilov fan targʻibotchisi. «Koʻzlar va Quyosh», «Issiq» va «Sovuq», «Yorugʻlik haqida» nomli ilmiy ommabop kitoblar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x