Vatanim bayrog’ini yuksaklarga ko’taraylik tadbir dasturi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar
XTMFMTTEB tasarrufidagi
aniq fanlar yo‘nalishidagi
32-ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktabining
“Vatanim bayrog‘ini
yuksaklarga ko‘taraylik”
shiori ostida o‘tkaziladigan
TADBIRI
Tayyorladi:
4-“F” sinf rahbari: Lolaxon Dexkanbayeva
1-boshlovchi:
Assalom hurmatli, aziz mehmonlar,
Assalom ustozlar, qalbi qaynoqlar.
Assalom ilmga tashna chanqoqlar,
Assalom barcha-barcha katta-yu yoshlar.
2-boshlovchi:
Здравствуйте лучшее
Слово на свете!
Здравствуйте птицы!
Здравствуйте дети!
Здравствуйте папы!
Здравствуйте мамы!
Оно не сравнимо с другими словами.
Здравствуйте наши учителя!
3-o‘quvchi:
Gud moning, gud moning,
Gud moning tu yu.
Gud moning, gud moning,
Ay em gled tu si yu.
4-o‘quvchi:
Har sahar yangragan ulug‘ madhiyam,
Har satri hikmatga to‘liq madhiyam.
Eng go‘zal qo‘shig‘i ozod elimning,
Muqaddas madhiyam, qutlug‘ madhiyam.
Madhiya musiqa sadolari ostida yangraydi.
5-o‘quvchi: Bugun ona yurtimizda katta tantana!
6-o‘quvchi: O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘imiz tasdiqlangan kun bugun.
7-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i O‘zbekiston Oliy
Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida: “O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining
ramzidir” deb belgilangan.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida: ”O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston
Respublikasining timsoli bo‘ladi” deyilgan.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunida bayroqning o‘lchamlari aniq
ko‘rsatilgan. Ya’ni, O’zbekiston Davlat bayrog‘ining butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan
to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli 3 ta endan tarkib topgan to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklidagi matodir.
O‘quvchi: Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 smga teng.
O‘quvchi: Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir
en 40smga teng.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli
enning chetlaridan kengligi 2,5smga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.
O‘quvchi: Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda
mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni anglatadi, hamda Respublikaning
milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘quvchi: Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va
obihayot ramzidir.
O‘quvchi: Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat
va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ ham moviy rangda edi.
O‘quvchi: Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog‘onligi
va koinot yoritgichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik,
soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir.
O‘quvchi: Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda
navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
O‘quvchi: Qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir!
O‘quvchi: Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq.
Ayni paytda, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
O‘quvchi: Yulduzlar barcha uchun ilohiy sanalgan. O‘zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi
quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.
O‘quvchi: Bizning 12 yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadlaridagi
qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan ham
izohlanadi.
O‘quvchi: Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasviri o‘zbek xalqi madaniyatining
qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunish
lozim.
O‘quvchi: Ranglarim, ranglarim,
Oppoqdir tonglarim.
Osmon to‘q zangori.
Yam-yashil bog‘larim.
Yoqimli havo rang,
Tanaga davo rang.
Sevimli moviy ko‘k,
Kamalak rang –barang.
O‘quvchi: Qip-qizil lolalar,
Oq ko‘ngil bolalar.
Turfa xil ranglarda,
Yashnaydi dalalar.
Atrofga bir qarang,
Asal rang, tilla rang.
Quvonchdan dillarga,
Baxsh etar jilo rang.
Qo‘shiq: “Chizaman”
O‘quvchi: Yuksal, yuksal diyorim,
Sensan baxtim , bahorim,
Madhing jo‘shib kuylamoq,
Ko‘nglimdagi shiorim.
Go‘zal gulshan, bog‘laring,
Go‘zal ulkan tog‘laring.
Dilga orom berguvchi,
Charog‘on har yoqlaring.
O‘quvchi: Sen tandagi jonimsan,
Tomirdagi qonimsan.
Mehring yashar qalbimda,
G‘ururim, ham shonimsan.
Yashna, yuksal diyorim,
Sensan baxtim, bahorim.
Madhing jo‘shib kuylamoq,
Shudir ahdu qarorim.
Raqs: “Beshta qiz”
O‘quvchi: G‘uncha guldayman,
Bog‘dagi bulbuldayman.
Sog‘lom jon, sog‘lom tanman,
O‘zimga bir jahonman.
Hayotdan zavq olaman,
Baxti kulgan bolaman.
O‘quvchi: Sog‘lom , quvnoq bolaman,
Mehnatdan zavq olaman.
Agarda ish qilmasam,
Tezzerikibqolaman.
Hozir maktab bolaman,
Mehnatdan zavq olaman.
Katta bo‘lsam haqiqiy
Halol odam bo‘laman
Qo‘ shiq: “Men kimman “
Biz so‘zlari biyronmiz,
Chopqillagan jayronmiz.
Erkatoymiz polvonmiz,
Bolajonmiz, bolajon.
Bizlar lola yanoqmiz,
Chin ko‘ngildan inoqmiz.
Bulbul-u qarqunoqmiz,
Bolajonmiz, bolajon.
O‘quvchi: Bo‘lmasin hech bizning,
Kam-u ko‘stimiz.
Ko‘paysin har yerda,
Yaqin do‘stimiz.
Olamni yayratsin kulgularimiz,
Gurullab yashnayversin orzularimiz.
Raqs: ”3xil kompozitsiya”
Hamma raqs ichida:
Bo‘larda to‘kinchilik,
Elga baxt xursandchilik.
Dalalarda mo‘l hosil,
Olib kelgay ushbu yil.
Gullagan o‘zi har yon,
Yayrasin yer-u osmon.
Bobomiz bo‘lsin omon,
Yashnasin bog‘-u bo‘ston.
O‘quvchi: Bizning xalqimiz mehmondo‘st xalq.
O‘quvchi: Bizning xalqimiz mehmonni quchoq ochib kutib oladi.
Qo‘shiq: “Mehmon keldi“
O‘quvchi: Bizning yurtimizda har xil millatlar ham yashaydi.
Raqs: “Kalin”
O‘quvchi: Bog‘imizda atirgul,
Сhaman bo‘lib ochildi.
Uning xushbo‘y hidlari,
Har tomonga sochildi.
Gulga oshiq bulbullar,
Shu bog‘ uzra jamlandi.
Bir — biriga yoqimli,
Ajib kuylar boshlandi.
O‘quvchi: Kuylang jajji bulbullar,
Ochilsin barcha gullar.
Ozodlik kuyin chaling,
Bahra olsin ko‘ngillar.
Ona diyor sizniki,
Gulshan diyor sizniki.
Ketmang sira bulbullar,
O‘zbekiston bizniki.
O‘quvchi: Yuksak tog‘lar bizniki,
Tog‘larga yo‘l olaylik.
Chaman bog‘lar bizniki,
Bog‘larga yo‘l olaylik.
Buloqlar ko‘zin ochib,
Gulzorlar yarataylik.
Vatanning har bir qarich,
Yerini yashnataylik.
Qo‘ shiq: “Ko’k dalam”
O‘quvchi: Bolalar bo‘lsa, topqir bo‘lsalar,
Chaqqon-u epchil, chopqir bo‘lsalar.
Ilm-u hunarga, kuchga to‘lsalar,
Sog‘lom, barkamol avlod bo‘lsalar.
O‘quvchi: Vatanga aziz dilbandlar kerak,
Sheryurak, asl farzandlar kerak.
Shunday avlod bizning o‘zimiz,
Aytib turadi har bir so‘zimiz.
O‘quvchi: Vatan oldidagi burchni hammamiz,
Anglab olib, unga amal qilamiz.
Yurak to‘rida ushbu so‘zlarni,
Takror-takror aytib olg‘a yuramiz.
O‘quvchi: Vatanim jismida,
Men ham bir bo‘lak.
Vatanim menga-yu,
Men unga kerak.
Qo‘shiq: “Prezidentga va’da“
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x