UZREPORT TV HD Dasturlari / UZREPORT TV programmasi bugungi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

 31 oktyabr yakshanba kuni O‘zbekiston sharafini 4 nafar bokschimiz himoya qiladi. Dastlab Shahobiddin Zoirov (-54 kg) yaponiyalik Tomoya Tsuboyiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 17:00da boshlanadi (V ring).

Lazizbek Mullajonov (+92 kg) angliyalik Orie Delisiosga to‘qnash keladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 20:00da boshlanadi (A ringda).

Abdumalik Xalakov (-60 kg) sloveniyalik Tedach Sernoga bilan jang o‘tkazadi. Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan taxminan 22:15da boshlanadi (A ring).

Madiyar Saidrahimov (-92 kg) qozog‘istonlik Aibek Oralbayga to‘qnash keladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan taxminan yarim tunda 01:00da start oladi. 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x