Ustozlar uchun she’rlar

Ustozlar uchun she’rlar

Sizgadir yurakda asragan so`zim, Тo mangu ta’zimda turaman o`zim. Dilimning tubida yangragan sozim — Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim! G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing, Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring, Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring, Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim! Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim, Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim, Тole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim, Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim! Mohinur ERGASHEVA, Qashqadaryo viloyati 🔄🔄

 

🔄🔄 Yillar suronimi sochingizdagi oq, Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi? Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz, Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi? Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz, Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz. Ularning yutug‘i sizning yuzingiz— Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi? Kamola AMIROVA, Surxondaryo viloyati, Angor tumani 🔄

 

🔄 Ustozlarni ko`p ulug`laymiz, Otaga ham qiyosdir qadri. Ey sinfdosh, o`ylab ko`r-chi bir Тinglaymizmi, ustozning qalbin?! Ustoz xuddi maktabga ziyo Olib kirgan o`chmas chiroqdir. Bu otashga tinmay kuch bergan Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir. Ey sinfdosh, ustozlar garchi Koyisa ham xafa bo`lma hech. Bilsang faqat u seni o`ylar, Тo`g`ri yo`lga — bilimga yo`llar. Shu bois — har soniyaning ham Qadrin bilib yashamoq kerak. Ustozlardan ko`p bilim olib Kelajakka yuz ochsin tilak. Adiba JO`RAYEVA, Surxondaryo viloyati, Boysun tumani 🔄🔄

 

Qadri bilinadi menga endi goh, Olis maktabimning o’sha behasham… Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham. Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?… Odddiy muallim-da, oddiy muallim. Tuproqdek xokisor, bezota jonlar, Ammo qanotida tog’dek ulug’vor, Ammo Temurdayin Sohibqironlar Pirim deb , etgain o’pgan bor. Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim? Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan, Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan, Husaynni – Ibn Sinolar qilgan, Iloh so’z o’rgatgan kim? Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan, Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan, Otadek ezilgan g’ussaga botsa, Boladek quvongan yutuqlaridan, Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?… Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh — Halim topolmadim undan halimroq. Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh, Olim topolmadim undan olimroq. Bola yuragimda bеbaho tilsim — Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa— Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa, So’nggi safar sari otlangan chog’im, Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim, Oddiy muallim-da, oddiy muallim! 🔄🔄

 

MUALLIM Фан боғининг боғбонисан, муаллим, Миллион диллар достонисан, муаллим. Сен ургатдинг маърифатдан зўр китоб, Бул китобки, нур сочишда зўр офтоб. Хазинасан, калбинг меҳр дарёси, Унда порлар улуҳларнинг зиёси. Дустлик, мардлик, садоқатдан дарс бердинг, Аклу, идрок, фаросатдан дарс бердинг. Бутун умринг жонинг фидо фарзандга, Етаклайсан доим олий максадга. Бахту, икбол доим Сенга ёр булсин, Ватанимиз шону шухратга тулсин 🔄🔄

 

🔄 Sizning ta’limingiz olmagan kim bor, Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan. Olimmi, shoirmi va yo san’atkor, Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan Bitta harf dardida riyozat chekib, Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson. Ne ajab sizlarni bahtiyor etib, O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on. Buyuk Alisherbek lutf etgan misol, Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan. Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol, O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan 🔄🔄

 

USTOZ Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob, Millat ravnaqida murabbiy — oftob. Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar, Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob. Kundaligim varag’ida baholar, Goho a’lo, goho ikki jazolar. Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi — Bolalikda to’g’rilandi xatolar. Esdalik daftarimni qo’lga oldim, O’quvchilik davrimga nazar soldim. Kechirgansiz qancha sho’xligimizni, Sabru-toqatingizga qoyil qoldim. Keksa ustozimning sochlari oppoq, Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq. Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon, Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq. O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan, Manglayida qator ajinlar qolgan. O’sha ajinlari tufayli xalqni Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan. 🔄🔄🔄

USTOZLAR OMMON BÖLING.

Yana qalam ushladim. Sher yozishni boshladim. Talablarga binoan. Ustozlarni maqtadim. Xalqimizda bugun bayram. Jonajon ustozlar kuni. Xar bir ilm olgan odam. Qadirlaydi ustozini. Ex ustozlar bor böling. Doyimo kulib yuring. Biz yoshlarni baxtiga. Doyimo omon böling. Xammon yodda saqlanar. Birinchi sinf darsliklar. Alifboni ochib berib. Ustoz bergan saboqlar. Gox söylaysiz xayotdan. Bilim berasiz kitobdan. Saboqlariz olgan odam. Xech qörqmaydi sinovdan. Qancha maxtov bölsa kam. Chunki siz bor yorug’ olam. Ustoz körmagan odamni. Tan olmaydi bu olam. Bilib bilmay sizlarni. Köp rajitib qöyamiz. Umir ötib kech bölgaoda. Afsus qilib yig’laymiz. Tög’ri bazi payitlarda. Siz xam qarab turmaysiz. Qöl ishlatib ursangizda. Yomon böl deb urmaysiz. Bölsin erkak yo ayol. Tilim berar extimol. Ular bergan saboqdan. Özligingni anglab ol. Nima deb atay mualimmi. Yoki ustoz, domlajon. Siz siz xayot xayotmi. Barchangizdur jonajon.

 

🔄🔄 Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam, Turli xil sohadan berasiz ta’lim. Uni tinglaganda kichik jussam ham, Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim. Qalbingizda doim ilm porlaydi, Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi. Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim, Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x