USTO MOʻMIN

USTO MOʻMIN (taxallusi; asli Nikolayev Aleksandr Vasilyevich) (1897.30.8, Voronej 1957.27.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, grafik rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskvadagi Bichkuri rassomlik studiyasida (1916—18) va erkin ustaxonalarda taʼlim olgan. 1920-y. dan Oʻzbekistonda. Koʻpgina asarlarini levkasga tempera usulida ishlagan. Usto Moʻmin ijodining maʼlum davrida miniatyura sanʼati taʼsirida asarlar yaratgan («Kuyov», «Sallali yigit», «Bedanabozlar» — 20-y. lar). Usto Moʻmin ijodi uchun realistik rasmning aniq va tugallanganligi xos, obrazlarning badiiy ifodasida mayin chiziklar, jonli shakllar muhim ahamiyat kasb etgan: «Bahor» (1924), «Boy» (1932), «Xoʻja Nasriddin bozorda», «Uygʻur raqsi» (1944) va b. Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» (1935), M. Kozimiyning «Koʻrqinchli Tehron» va b. asarlarni badiiy bezagan. «Pravda Vostoka», Usto Moʻmin (A. Nikolayev). «Bahor» (1932).

«Qizil Oʻzbekiston» gaz. lari, «Mushtum» jur. da ishlab, rayem va karikaturalari bilan qatnashgan, plakatlar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x