UMR

UMR, umr koʻrish — organizm yashash davrining davomiyligi (ontogenezi). Umr organizmni qarilik va oʻlimga olib keladigan, yemiradigan va qayta tiklaydigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning oʻzaro taʼsiridan iborat. Odatda, fiziologik, ekologik va oʻrtacha Umr farq qilinadi. Fiziologik Umr tur individining qulay yashash sharoitidagi maksimal yoshi bn; ekologik Umr esa uning tabiiy sharoitdagi maksimal yoshi bilan belgilanadi. Oʻrtacha Umr populyatsiya individlari umrining oʻrtacha arifmetik qiymatidan iborat. Oʻrtacha Umr tashqi muhit sharoiti taʼsirida oʻzgarib turadi; fiziologik va ekologik Umr esa oʻzgarmas konstant hisoblanadi.

Hayvonlar U. i suyak qoldiqlari va tishlari, baliqlarniki — tana oʻlchamlari, tangachalar va suzgʻich nurlari kesimi; mollyuskalar U. i chigʻanoq halqalari orqali taxm. aniqlanadi. Tabiiy muhitda yovvoyi hayvonlar yoshini toʻgʻri aniklash qiyin. Qoʻlda boqiladigan hayvonlarning faqat fiziologik Umrni aniqlash mumkin. Uzoq Umr koʻrish hayvonlarning har xil sistematik guruxlari uchun xos. Mac, osyotrsimonlar 50—100-y., qurbaqa va tritonlar — 25—30 y. gacha, baqalar 12—13 y., timso)u1ar va toshbaqalar 50—100-y. ; boyqush, qargʻa, burgut, oq saqoqush, toʻti 50—70 y., baliqchi qush, turna, quzgʻun, afrika tuyaqushi 30—40 y., ayrim sut emizuvchilar 70 — 110-y. U. koʻradi. Bitta sistematik guruhga mansub turlar Umri birbiridan bir necha baravar farq qiladi. Mac, sut emizuvchilar sinfiga mansub kemiruvchilar (sichqon, kalamush) 3—4 y. gacha; juft tuyoqlilar (choʻchqa, qoʻy, sigir) 15—30 y. ; toq tuyoqlilar (zebra, eshak, ot) 30—70 y. U. koʻradi. Sut emizuvchilarning tana yoki ayrim organlari (jigar, miya, buyrak usti bezi) ogʻirligi b-n U. oʻrtasida musbat; tana harorati b-n U. oʻrtasida manfiy korrelyatsiya kuzatiladi. Tana haroratining 10 darajaga pasayishi bn, odatda, tana xarorati pasayadigan issiq qonli hayvonlar uyquga ketmaydigan hayvonlarga nisbatan bir necha marta koʻproq Umr koʻradi. Ikkiga boʻlinib koʻpayadigan bir hujayralilar (mas, amyobalar) va toʻxtovsiz koʻpayadigan toʻqimalar qulay sharoitda cheksiz uzoq; ayrim tufelkalar kloni 10 y. gacha Umr koʻradi.

Evolyutsiya jarayonida uzoq yashashga imkon beradigan belgilar toʻplanib borishi natijasida turlar Umri uzayib borgan va uzoq Umr koʻradigan yangi turlar paydo boʻlgan. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda keyingi 60 yil davomida tuyokli va yirtqich sut emizuvchilarning fiziologik umri 2—3-marta ortgan.

Odam U. i koʻp jihatdan ijtimoiy sharoit bilan bogʻliq. Mac, oʻrtacha U. Qadimgi Gretsiyada 18 y. ga, Qad. Rimda 22 y. ga yaqin, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida Uygʻonish davrida — 35 y. ga, 19-a. oʻrtasida — 40 y. ga teng boʻlgan. 20-a. da tibbiyot fanlarining yutugʻi va ijtimoiy yuksalish natijasida odamning urtacha umri 20 y. dan koʻproq uzaygan. 20-a. 80-y. larida rivojlangan mamlakatlarda oʻrtacha Umr erkaklar uchun 70 y., xotinqizlar uchun 76 y. ga toʻgʻri kelgan. Atrofmuhit sharoiti va turmush tarzi eng qulay boʻlganida odamning oʻrtacha Umri 85 y. ga yetishi mumkin. Odam Umr ining yanada uzayishi qarish sirasrorlarini chuqurroq bilib olish bilan bogʻliq.

Yuksak oʻsimliklar U. i yashash muddatiga binoan bir, ikki va koʻp yillik boʻladi. Bunday boʻlinishi shartli, chunki muhit sharoitiga qarab turning Umri oʻzgarishi mumkin. Mas, gʻoʻza va kanakunjut tropikada kup yillik, moʻtadil iqlimda bir yillik; koʻngʻirbosh pasttekisliklarda bir yillik, tof sharoitida koʻp yillik boʻlib oʻsadi. Bir yillik oʻsimliklar orasida efermerlar ayniqsa qisqa (bir necha oy) Umr koʻradi. Koʻp yillik oʻtlar U. i har xil: ayrim paporotniklar 100-y. dan ortiq; gulli usimliklardan ut, buta, chalabutalar bir necha 10 y. dan 100-y. gacha; baland togʻlarda usadigan ayrim chalabutalar (saurarcha) 300-y., hatto 800-y. U. kuradi. Oʻsimliklar orasida, ayniqsa, daraxtlarning Umri uzoqboʻladi. Mac, mamont daraxti 4 ming y., baobab 4—5 ming y. U. koʻradi. AQSHning Kaliforniya va Nevada shtatlari chegarasida 4300 va 4680-y. umr kurgan qaragʻaylar; Surxon vodiysi Sayrob qishlogʻida 700-y. ga yaqin Umr koʻrgan chinorlar bor. Lekin kupchilik daraxtlarning umri bir necha 10 y. dan oshmaydi. Daraxtlar Umri poyadagi yillik halqalar soni, tanasining yugonligi, yillik qoʻshimcha usishi, shoxlanishi, pustlogining rangi va tuzilishiga qarab aniqlanadi.

Tirik organizmlar, jumladan, odamning qarishi jarayonini gerontologiya urganadi (yana q. Yosh).

Ad.: Urmaniye B. S., Evolyutsiya prodoljitelnosti jizni, M., 1978; Fenomen dolgojitelstva antropologoetnograficheskiy aspekt issledovaniya, M., 1982; Frolkis V. V., Stareniye i biologicheskiye vozmojnosti organizma, M., 1975.

Ochil Mavlonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x