Ummon — Meni emas

Bilaman, bu tuyg`ularimga hech qachon yetib bo`lmaydi,
Bilaman, endi sani topib, na yo`qotib bo`lmaydi.
Sog`inchlarim quyosh, lekin soyaga o`xshaydi,
Men sahro bo`lganda, u dengizni so`raydi.

Har bir dardga vaqt davo, deydilar, lek bedavo
Dardga mubtalo qilding mani tilsiz havo.
Sendan kutganim bo`ldi faqat mehr va vafo,
Kutmaganimni esa sanga ko`rmayman ravo.

Chunki sani sevaman har daqida, har nafas,
Sen esa so`nggi kunlar mendan ko`p qilding araz.
Meni sevib, o`zgadan qizg`ondi, deb o`ylaysan,
Mendan ketmoqlik yo`lini izlar ekansan san ham.

Mayli, ketaver, sani yo`ling endi to`smayman,
Ko`zlarim zor bo`lsa ham, yo`lingga zor boqmayman.
Yuragim tilinadi gapirgan gaplaringdan,
Ketasan, bilmayman sansiz qanday yashayman.

Aldangan yuragim mening, lek sani eslaydi,
Hammasi go`zal edi, hamon esdan ketmaydi.
Endi esa surating dardimga malham bo`lar,
Oldin yozgan xatlaring hozirgidan farqlanar.

Orzular qayda qoldi, yuraging toshday qotdi,
Qo`lim qo`lingga botdi, so`ngra esa yo`qotdi.
Go`yo hammasi tushday o`tadi bu kunlarim,
Lek uyqusizman, faqat qiynaydi og`riqlarim.

Dur gavharni tanladi, tillonimas,
Gul bahorni tanladi, qish yo kuzmas.
Tun yulduzni tanladi, kunduz emas,
Sen o`zgani tanlading, meni emas.

So`nggi kunlar uzoqlashib borardik tobora,
Men esa seni o`ylab, qancha bo`ldim ovora.
Hatto kechalari uyquga ketardim yolvora,
Lekin sani ortga qaytarib bo`lmas, nachora.

Osmondagi yulduzlar har bir gapimga guvoh,
Dardimga davo topmadi na tabib, na jarroh.
Izladim dardimga kimdan-da bo`lsa ham panoh,
Ishonmasang agar, yolg`iz guvohim Olloh.

Derazam ortida yig`laydi bahor, (yig`laydi bahor)
Senda esa qorli gullaydi gullar. (ou gullar)
Uyimning ortida o`tgan yilgi xazonlar, (xazonlar)
Shu xazonlardagiday yashar armonlar.

Dur gavharni tanladi, tillonimas,
Gul bahorni tanladi, qish yo kuzmas.
Tun yulduzni tanladi, kunduz emas,
Sen o`zgani tanlading, meni emas.

Ketaman deysan-u, lek oxirin o`yla,
Vaqti kelib hali afsuslarda kuyma.
Yolg`onchi so`zlarga uchib uni suyma,
O`yla… Kuyma… (x2)

Dur gavharni tanladi, tillonimas,
Gul bahorni tanladi, qish yo kuzmas. (qish yo kuzmas)
Tun yulduzni tanladi, kunduz emas,
Sen o`zgani tanlading, meni emas. (meni emas)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x