Ummon — Bir kun

Bir kun bedor… Yana bir kun…
Yana bir kun… bir kun…

Oldingi kunlar qolib ketdi ortda,
Oldingidek birga bo`lolmasak kerak.
Agar bo`lolsak, qilmasdan inkor
Jonim berardim evaziga senga.

Lekin u qaytmaydi endi hech qachon,
Yuragimga bermaydi bir imkon,
Bu azoblardan xalos et, osmon. (hu-u-u)
Lekin u bilmaydi endi hech qachon,
Usiz qanday qiyin o`tgan tunlar,
Umid qilgandim, bermadi imkon.

Bir kun bedor o`yla meni, men seni har kun o`ylaganday,
Bo`ldim bezor, hech ham seni xayollarimdan o`chirolmay. (yana bir kun)
Yana bir kun meni sev, oldingidagiday sevganday,
Shunday bir kun, keyin mayli, roziman ortiq yashamay. (hu-u-u)

Ko`z ochib ko`rganim bu sansan,
Sandan ortiq hech kim kerakmas, bilasan.
Bilasanmi, sansiz dunyoning ranglari bo`ldi qora,
San bilan edi oppoq paxta.

Oppoq orzularimizni qilding kir,
Ko`ksing ortida yurakmi yoki temir?
Qani va’dalaringga vafo, qani mehr?
Nima qilding mani, bu qanday sehr?

Bir kun bedor bo`lib o`yla mani,
Har kuni man sani o`ylaganim kabi.
Osmonlarga qarab, so`ra mani,
Har kuni man sani so`raganim sari.

Uzoqlashib ketmoqdasan bo`lib bulut,
Shuncha baqirganimga javob bo`ldi sukut.
San mani yuragimni yulib ketgan burgut,
Avval o`ldir, mayli keyin unut.

Sen bag`ring ochib kel, sog`indim kel, sog`indim de,
Shuncha kutgandimku, kelmadi-yu, unutdimu?
Unuta olmadim…

Yig`ladi tunlar, yig`ladi,
Yig`ladi yurak, yig`ladi.
Sog`inch o`ydi dilni, bilmadi,
Oldingidek o`ylamadi.

Bir kun bedor o`yla meni, men seni har kun o`ylaganday,
Bo`ldim bezor, hech ham seni xayollarimdan o`chirolmay. (yana bir kun)
Yana bir kun meni sev, oldingidagiday sevganday,
Shunday bir kun, keyin mayli, roziman ortiq yashamay. (hu-u-u)

Bir kun… Yana bir kun…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art), Maftuna Akramova va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x