Umida Mirhamidova, Yoqutjon Rajabov — Bizning baxtimiz

[Yoqutjon Rajabov]
Sog`inaman, sog`inganim rost,
Armonlarga yo`q ko`ngil hushim.
Yillar bo`yi kutganim mushtoq –
Qanot qoqib kelgan baxt qushi.

Yillar bo`yi kutganim mushtoq –
Qanot qoqib kelgan baxt qushi.

[Umida Mirhamidova]
Asta ochdim umr daftarin –
Qancha shodlik, qancha qayg`ular.
Oshkor etmoq uchun borini, borini
Fursat kutar shirin tuyg`ular.

Oshkor etmoq uchun borini, borini
Fursat kutar shirin tuyg`ular.

[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Mayli-mayli, shuncha sog`intirsa ham,
Buzilmadi dilda ahdimiz.
Bir biriga intizor ko`ngil,
Shu emasmi bizning baxtimiz?

[Yoqutjon Rajabov]
O`tar qancha yillar to`zoni,
[Umida Mirhamidova]
Mag`rur turar yurakda sabrim.
[Yoqutjon Rajabov]
Saqlagayman asrab-avaylab,
Sen uchundir pokiza qalbim.

[Umida Mirhamidova]
Saqlagayman asrab-avaylab, avaylab,
Sen uchundir pokiza qalbim.

[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Mayli-mayli, shuncha sog`intirsa ham,
Buzilmadi dilda ahdimiz.
Bir biriga intizor ko`ngil,
Shu emasmi bizning baxtimiz?

[Umida Mirhamidova]
Har yurakni sinaydi hayot,
Chidash mushkul taqdir zarbiga.
[Yoqutjon Rajabov]
Balki totib hijron sharobin,
Yetarmizmi baxtning qadriga?

[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Balki totib hijron sharobin, sharobin,
Yetarmizmi baxtning qadriga?

[Umida Mirhamidova va Yoqutjon Rajabov]
Mayli-mayli, shuncha sog`intirsa ham,
Buzilmadi dilda ahdimiz.
Bir biriga intizor ko`ngil,
Shu emasmi bizning baxtimiz?

Shu emasmi bizning baxtimiz… {x2}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x