Umar Shamsiyev — Ota-ona

Dunyolardan dunyo emas, hikmat topdim, otajon.
Sizga farzand bo’lmoqdayin omad topdim, otajon.
Mehringizday adosi yo’q ne’mat topdim, otajon,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, mehribonim onajon.

Farzandlarning kamolida ko’ksi baland, viqorli,
Har so’zingiz hikmat ila haqiqatdir zalvorli.
Siz bor uyda xazonlar yo’q, ostonalar bahorli,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, onajonim, onajon.

Otajonim, onajonim, mehringiz yo’q adog’i,
Ko’zlarimga suray aziz qo’llaringiz qadog’in.
Sizlar borsiz o’chmas sira xonadonim chirog’i,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, mehribonim onajon.

Sizlar sabab qalbimizda pok vijdon bor, ming shukr,
Yuraklarda izhoriga hayajon bor, ming shukr.
Farzandlarim uchun sizday mehribon bor, ming shukr,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, onajonim, onajon.

Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, onajonim, onajon.
Otajonim, onajon…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x