Ulug’bek Rahmatullaev — Sevgi balki bu jannat

Bu go’zal gulzordan
Tanlovim – gulli tikan,
Adashdim yagonam
Sen emas, o’zga ekan.

Ammo yetganda tanlov soati
Sevgiga qolmas imkon,
Lek taqdir ekan vafosiz sevgi,
Sen bo’lding menga armon.

Sevgi balki bu – jannat,
Sevgi balki bu – qismat,
Nafrat bilan muhabbat
Yonma-yon turar, qiynar beshafqat. (x2)
Orzular…

Orzuli lahzalar
Yiroq bo’lgandi mendan,
Hayotim boshlandi
Seni uchratgan kundan.

Chekindi qayg’u, uyg’onar ezgu
Tilaklar senla bo’lsam.
Yolg’iz qalbimga
Nozik bir tuyg’u uyg’onar seni ko’rsam.

Sevgi balki bu – jannat,
Sevgi balki bu – qismat,
Nafrat bilan muhabbat
Yonma-yon turar, qiynar beshafqat. (x2)
Orzular…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x