ULUGʻBEK MADRASASI

ULUGʻBEK MADRASASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1417). Ulugʻbek qurdirgan Z madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta taʼmir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtogʻida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravokli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga oʻgiladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, gʻishtdan toʻrsimon shakl qilinib, oralariga koʻk va havo rang koshin terilgan. Hovli (26×25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan. Hovlining shim. va jan. tomonlari qisqaroq koʻrinishga ega boʻlib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang sirkor gʻishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvokli. Madrasa (53×41,6 m) uncha katta emas, hujralari moʻjaz, oʻzaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi oʻziga xos. Masjid (15,5*5,5 m) va darsxona (5,5×5,5 m) gumbazli, miyonsaroyning 2 yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning 2qavatida kutubxona bor. Xoʻja Saʼd Joʻyboriy tomonidan tashqi pesh togʻi va yonlaridagi hujralar taʼmir etilib (1586), peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli gʻarbidagi hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida taʼmirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulugbek (1419-y. 28 noyab. da) madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga inʼomlar ulashgan. Bizgacha Ulugʻbek madrasasi ancha oʻzgargan holda yetib kelgan. 16—17-a. larda, 1950—70 va 1990—96 y. larda taʼmirlangan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar koʻp. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga arab tilida «Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir», degan ibora oʻyib yozilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x