TUTUQ

TUTUQTurk xoqonligi boshqaruvidagi unvon. Qad. turk bitiktoshlari, xitoy, sugʻd manbalarida uchraydi. T. Turk xoqonligida harbiy maʼmuriyat boshligʻi uchun qoʻllanilgan boʻlib, xitoycha dudu — voliy, viloyatning harbiy hokimi soʻzidan olingan deb hisoblanadi. Lekin, baʼzi tadqiqotchilar, shu jumladan, oʻzbek olimlari Tutuq unvoni tutmok, feʼli asosida shakllangan unvon ekanligini taʼkidlashadi. UrxunEnisey bitiktoshlarida Oʻng Tutuq, Buqay Tutuq, El Toʻgʻon T., Alp Urungu Tutuq, Choʻkul Tutuq, Kunch Tutuq, singari amaldorlar nomi aks etgan. Bitiktoshlarda qayd etilishicha, xoqonlik boʻysundirilgan k,abilalarga Tutuqlar tayinlagan. Turk xoqonligi davrida Fargona vodiysida Tutuq unvonli sulola boʻlgan. Mugʻ kala hujjatlarida Sugʻd hukmdori Devashtichning 719-y. da Turk xoqoniga, Shosh tuduni va Fargʻona qukmdoriga yordam soʻrab yuborgan maktubini eltgan Fatufarn ismli elchi Devashtichga yozgan xati boʻlib, unda Fatufarn «Xoqonga va Fargʻona xukmdoriga yozilgan nomani Fargona tutugʻiga topshirdim», deb qayd qiladi. Bu esa 7—8-a. larda Fargʻonada ixshidlar boshqaruvi bilan birgalikda Tutuqlik boshqaruvi ham mavjud boʻlganligini koʻrsatadi. Shuningdek, 7—8-a. larga oid Quva tangalari orasida suhiy yozuvda «Alpu xoqon tutuq» iborasi aks etgan tangalar uchraydi. Bundan Fargʻona Tutuq larining Turk xoqonlari nomidan pul zarb qildirganliklari ayon boʻladi. Uygʻur xoqonligi davrida xoqonlardan biri Xitoyga Tutuq unvonli noib tayinlaydi. Arab geograflari asarlarida 10-a. da Irtish boʻyida yashovchi Kimak nomli turkiy qabila hukmdorining unvoni Tutuq deb qayd etiladi.

Ad.: Isʼhoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, Tutuq, 1992.

Gʻaybulla Boboyorov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x