TURNABULOQ

TURNABULOQ, Qizil, Qurganaksoy — Qashqadaryo viloyatidagi dare. Yakkabogʻdaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining Yakkabogʻ togʻlaridan (2500 m) boshlanadi. Yakkabogʻ qishlogʻi yaqinida (4 km) Yakkabogʻdaryoga quyiladi. Uz. 35 km, havzasining mayd. 186 km2. Togʻlar orasidan chuqur daralardan soʻng keng vodiy boʻylab oqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 1,35 m3/sek. Bahorda toshadi. Martiyun oylarida suvi koʻpayadi, yoz oxiri va kuzda kamayadi. Ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x